Madridning “Real” jamoasi xavbeki Garet Beyl hech qachon “Oltin to`p” mukofotini yutib olish haqida orzu qilmaganini aytib o`tdi, deya ma`lum qiladi “iSport.ua”.
“Oltin to`p” hech qachon men uchun maqsad bo`lmagan. Bu mukofot uchun kurashda g`olib bo`lishni orzu qilmaganman. Evropa chempionlar ligasi va mamlakat termasi safida hamda boshqa musobaqalarda sovrinlar yutishga intilaman.
Individual mukofotlar keladi va ketma. Men uchun klub va terma jamoa mukofotlari muhimroq. O`tgan mavsumda Ronaldu va Messi yaxshi o`yindar o`tkazdi. Krishtianu terma bilan Evropa chempioni bo`ldi, “Real” bilan EChLni yutdi. Ammo men hakam emasman, barchasini jurnalistlar hal qiladi”, – dedi uelslik futbolchi.
Eslatib o`tamiz, Garet Beyl “Oltin to`p–2016” mukofoti uchun da`vogar 30 futbolchilardan biri sanaladi.