1

O`zbekistonda benzin arzonlashishi mumkin: Rossiyada yoqilg`i eksportiga qo`yilgan taqiq bekor qilinmoqda

Iqtisodiyot 10.11.2023, 10:36
O`zbekistonda benzin arzonlashishi mumkin: Rossiyada yoqilg`i eksportiga qo`yilgan taqiq bekor qilinmoqda

Reuters agentligining ma`lum qilishicha, Rossiya yoqilg`i ishlab chiqaruvchilariga hukumat dizel va benzin eksportiga qo`yilgan qolgan barcha cheklovlarni bekor qilishga tayyorlanishni buyurgan.

Dengiz orqali dizel yoqilg`isi eksporti bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turadigan Rossiya yuqori ichki narxlar va taqchilliklarni bartaraf etish uchun 21 sentyabr kuni yoqilg`i eksportiga taqiq joriy qilgandi.

Hukumat 6 oktyabr kuni cheklovlarni yumshatib, dizelni quvur orqali eksport qilishga ruxsat berdi, biroq benzin eksporti bo`yicha choralarni saqlab qoldi. Chet elga yuk mashinalari va temir yo`llar orqali benzin etkazib berish ham taqiqlangan.

Energetika vaziri Nikolay Shulginov chorshanba kuni Rossiya benzinning ayrim navlarini eksport qilish taqiqini bekor qilish masalasini ko`rib chiqayotganini aytdi.

"Ular ishlab chiqaruvchilarga eksport kelasi haftadan boshlab ochilishini aytishdi", dedi Rossiya neft kompaniyasidagi manba.

Yana bir sanoat manbasining aytishicha, keyingi hafta taqiq bekor qilinadi.

"Ular kelgusi haftada eksportga qo`yilgan taqiqni olib tashlashga va`da berishdi. Bu va`da bo`yicha biz eksport jadvali va qayta ishlash rejasini tuzdik", - degan ismi sir qolishini istamagan manba.

Dizel Rossiyaning eng yirik neft mahsuloti eksporti bo`lib, o`tgan yili taxminan 35 million tonnani tashkil etdi. Uning deyarli to`rtdan uch qismi quvur orqali tashilgan. Rossiya 2022 yilda 4,8 million tonna benzin eksport qilgan.

Boshqa bir kompaniya manbasining aytishicha, cheklovlar tufayli benzin ko`pligi paydo bo`lgan.

“Hozir mavsum past, ichki bozorda bunchalik ko`p sota olmaymiz”, degan manba.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1