1

Yandex Go xizmati endi soliq talablarini bajargan holda faoliyat yuritadi - Soliq qo`mitasi

Iqtisodiyot 02.12.2023, 11:24
Yandex Go xizmati endi soliq talablarini bajargan holda faoliyat yuritadi - Soliq qo`mitasi

Joriy yil 1 dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O`zbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti – “Yandex Go UB” MChJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi. Bu haqda soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu kundan boshlab Yandex Go xizmati o`z hisob-kitoblarini O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to`laydi.

Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qo`mitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi.

Shu bilan birga, Yandex Go xizmatini fiskal ma`lumotlar operatori bilan integrasiyalash bo`yicha ishlar yakunlandi.

O`zini o`zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko`rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Shu tariqa, Yandex Go o`z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo`yicha Soliq qo`mitasi tomonidan qo`yilgan talablarni bajarmoqda.

“Shuningdek, My Taxi va Uklon xizmatlarining fiskal ma`lumotlar operatori bilan integrasiyalash ishlari ham yakunlanganini ma`lum qilamiz.

Yaqin kunlarda ular orqali ko`rsatilgan tashish xizmatlari uchun to`lovlarni fiskallashtirish kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1