AsosiyJamiyat
1976

Toshkentda yana bir shaxs jinoyatda gumonlanib qo`lga olindi

'Toshkentda yana bir shaxs jinoyatda gumonlanib qo`lga olindi'ning rasmi

O`zbekiston bo`ylab davom etayotgan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo`yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida poytaxt Toshkentda “Buzruk” nomi bilan tanilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov qo`lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

“Toshkent shahar IIBB tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida o`tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Shular jumlasidan, 1985 yilda tug`ilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov”, deyiladi IIBB xabarida. 

Qayd etilishicha, u O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik) bilan ayblanmoqda. 

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Tergov davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar