Xitoyning Shiszyachjuan shahrida o`tgan tadbirda Samsung kompaniyasining 23 nafar boshqaruvchisi sahnada investorlar va xaridorlar oldida Samsung Galaxy Note 7 smartfonining bozordan qaytarilayotgani uchun tiz cho`kib kechirim so`radilar va bunday holat boshqa qaytarilmasligiga va`da berdilar, deb xabar bermoqda Techmundo.
Samsung Galaxy Note 7 smartfoni akkumulyatorlari portlashi sababli chiqqan o`nlab yong`inlar tufayli bozordan qaytarilib olingandi. Ayni vaqtda ushbu smartfonlarning ishlab chiqarilishi va sotilishi to`xtatilgan, xaridorlarga esa tovon puli taklif qilingan.
Xitoyda tangrilarga itoat qilish, keksa odamlarga hurmat yoki biror odamga alohida hurmatni bildirish maqsadida tiz cho`kiladi. Bunga Xitoyda boshqa mamlakatlardagiga nisbatan oddiyroq qaraladi.
Xitoy Samsung uchun eng muhim bozorlardan hisoblanadi va shuning uchun kompaniya boshqaruvchilarining bunday yo`l tutganlarini tushunsa bo`ladi. Kompaniyada Galaxy Note 7 bilan yuzaga kelgan vaziyat boshqa takrorlanmasligiga va`da berildi va kompaniya uchun og`ir damlarda uni qo`llab-quvvatlash va unga ishonchni yo`qotmaslik iltimos qilindi.
30.03.2017, 10:54
Samsung Electronics korporasiyasi Nyu-Yorkda yangi Galaxy S8 smartfonini taqdim etdi.Janubiy Koreyalik ishlab chiqaruvchining saytida ma`lum qilinishicha, smartfon ikkita talqinda ishlab chiqariladi: Galaxy S8 va Galaxy...14.03.2017, 10:40
Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma`lum shaxs kasb-hunar kollejida o`qiydigan, 1999 yilda tug`ilgan qizni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, uning «Samsung» mobil telefonini tortib olib ketgan,...17.02.2017, 11:15
Samsung korporasiyasi rahbari Li Chje Yona Seul sudi tomonidan poraxo`rlikda ayblanib, qo`lga olindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. Uning hibsga olinishi Janubiy Koreya prezidenti Pak...17.02.2017, 10:25
Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo`limiga 1970 yilda tug`ilgan fuqaro murojaat qilib, uch noma`lum shaxs Oydin dahasi hududida o`g`li - Akademik liseyning 2-sinf o`quvchisini...