Jizzaxda uskunaga tushib ketgan ishchining hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga xabar tushgan.
Hodisa 22 dekabr kuni soat taxminan 15:00 larda Jizzax shahar Shodlik mahallasida sodir bo`lgan. Fuqaro shlakli blok ishlab chiqaruvchi uskunaga qisilib qolgan.
Zudlik bilan voqea joyiga etib borgan qutqaruvchilar uni xavfsiz joyga olib chiqishgan va birinchi yordam ko`rsatishgan.
Ma`lum bo`lishicha, fuqaro ehtiyosizlik oqibatida uskunaga tushib ketgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi.






