AsosiyJamiyat

1 yanvardan ko`chatchilar ham o`zini o`zi band qilganlar ro`yxatiga kiritiladi

'1 yanvardan ko`chatchilar ham o`zini o`zi band qilganlar ro`yxatiga kiritiladi'ning rasmi

Qonunchilikka ko`ra, 2024 yil 1 yanvardan uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko`chatlarini (nihol) etishtirish faoliyati o`zini o`zi band qilgan shaxslar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi. 

Bundan tashqari, sinov tariqasida o`rmon xo`jaliklari hududida ko`chat etishtirish, ekilgan ko`chatlarni parvarishlash, o`rmonzorlar barpo etish ishlari autsorsing asosida jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, o`rmon xo`jaliklarida ko`chat etishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida, xo`jaliklar hududlarining uzoq muddatli ijaraga beriladigan uchastkalari belgilanadi.

Bunda davlat o`rmon fondi uchastkalari faqat «E-auksion» platformasi orqali ijaraga beriladi.

    Boshqa yangiliklar