AsosiyDunyo

Bayden Rojdestvo bayrami uchun ta`tilga chiqdi

'Bayden Rojdestvo bayrami uchun ta`tilga chiqdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rojdestvo bayrami uchun ta`tilga chiqdi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

U dam olish kunlarini shahar tashqarisida o`tkazadi, keyin esa Karib dengizi orollariga uchadi.

Kecha, 23 dekabr kuni Bayden Kemp Deviddagi qarorgohiga ko`chib o`tgan. Rojdestvo arafasida davlat rahbari u erda qolmoqchi. Shundan so`ng prezident va birinchi xonim birrovga Oq uyga qaytadi, 27 dekabr kuni esa Yangi yilni nishonlash uchun Santa-Kruz oroliga yo`l olishadi.

Prezidentning Respublikachilar partiyasidan bo`lgan raqiblari uning 2,5 yillik prezidentlik davrida 358 kunni dam olish kuni sifatida o`tkazganini hisoblab chiqishdi. Bu deyarli bir yil degani. Qo`shma Shtatlar rahbari yozgi ta`tilni Delaver shtatida joylashgan plyajli qarorgohida o`tkazgandi.

    Boshqa yangiliklar