AsosiyJamiyat

Viloyatlarda chang-to`zon kuzatilayotgani aytilmoqda (video)

'Viloyatlarda chang-to`zon kuzatilayotgani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatining ba`zi tumanlarida chang-to`zon hodisalari kuzatilayotgani aytilmoqda.

Navoiy shahrida ko`tarilgan chang to`zoni tufayli ko`rinish masofasi 500 metrgacha cheklangan.

Gidrometeorolog mintaqada qishgi haroratning mavsumga xos bo`lmagan ko`tarilib ketishi, kam yog`in sabab mavjud tuproq namligining quruqlashishi,  cho`l yaylovlari dekredasiyasi, yashil fitomassani qisqarishi, cho`l o`simlik ildiz qoplamasining juda kamligi shamolda qish oylarida shu kabi chang massasini osmonu falakka ko`tarilishiga sabab bo`layotganligini aytmoqda.   

"Afsuski, iqlim o`zgarishi kelgusida bizga mintaqada bu kabi xodisalarning tez-tez takrorlanishini taqdim etaveradi", - dedi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar