AQShdagi kiyiklarda «zombi» virusi aniqlandi, deya xabar bermoqda Zamon.uz sayti "Daily Mail" nashriga tayanib.
Infeksiyalangan hayvonlar tashqi ta`sirlarga javob bermaydigan, o`lgunicha maqsadsiz kezadigan bo`ladi. Virus o`ta yuqumli, unga qarshi vaksina mavjud emas.
Ayni damda virusning tarqalish mexanizmlarini o`rganayotgan mutaxassislar u turlararo to`siqni engib o`tib, boshqa hayvonlarga, keyin esa odamlarga tarqalishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu ishonchli tarzda isbotlanmagan bo`lsada, ovchilarga kasal kiyik go`shtini iste`mol qilmaslik tavsiya etilgan.