AsosiyDunyo

"Maxsus kuzatuvdagi davlatlar": 2023 yilgi din yoki e`tiqod erkinligini ta`minlovchi mamlakatlar ro`yxatida O`zbekiston bormi?

'"Maxsus kuzatuvdagi davlatlar": 2023 yilgi din yoki e`tiqod erkinligini ta`minlovchi mamlakatlar ro`yxatida O`zbekiston bormi?'ning rasmi

Ma`lumki, AQSh davlat departamenti tomonidan har yili "Xalqaro diniy erkinlik" to`g`risidagi qonunga dunyo mamlakatlarining qay darajada amal qilib borayotgani monitoring qilib boriladi.

Diniy erkinlik borasida ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmagan mamlakatlar  "Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar" ro`yxatiga kiritiladi.  

Ma`lkmot uchun, O`zbekiston Respublikasi mazkur ro`yxatdan 2020 yilda chiqarilgan.

Joriy yilning 4 yanvar kuni, AQSh Davlat departamenti tomonidan o`tgan 2023 yil natijalari e`lon qilindi. Unda O`zbekistonning "Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar"  ro`yxatiga kiritilmagani ijobiy hol, deya xabar bermoqda Din ishlari bo`yicha qo`mita.  

AQSh Davlat Kotibi Entoni Blinken:

"1998 yilda Xalqaro diniy erkinlik to`g`risidagi qonun qabul qilingan va kuchga kirganidan beri din yoki e`tiqod erkinligini ta`minlash AQSh tashqi siyosatining asosiy maqsadi bo`lib kelgan.

Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda Birma, Xitoy Xalq Respublikasi, Kuba, KXDR, Eritreya, Eron, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlar diniy erkinlikning o`ta jiddiy buzilishiga yo`l qo`yganliklari uchun alohida tashvishli davlatlar sifatida baholandi.  

Bundan tashqari, Jazoir, Ozarbayjon, Markaziy Afrika Respublikasi, Qamar orollari va Vetnamni diniy erkinliklarning jiddiy buzilishida ishtirok etayotgani uchun maxsus kuzatuv ro`yxatiga kiritilgan", dedi.

 

    Boshqa yangiliklar