A`lo darajadagi kartoshka bo`tqasi bu — mayin, engil, yoqimli ta`mli va qaymoqrangli bo`tqadir. Aslini olganda, qaynatilgan kartoshkani ezishdan ham osoni bormi? Yo`q, ammo bo`tqa mazali chiqishi uchun har bir ayol bilishi kerak bo`lgan bir qator qoidalar mavjud.
1. Kraxmal miqdorini aniqlang. Bo`tqa mayin va engil bo`lishi uchun tarkibida kraxmali ko`p bo`lgan kartoshkadan xarid qiling. Kartoshka tarkibidagi kraxmal miqdorini aniqlashning oddiy, xalqona usullaridan biri, uni ikkiga bo`lib, bo`laklarni bir-biriga ishqalashdir. Agar katoshka tarkibida kraxmal ko`p bo`lsa, bo`laklar bir biriga yopishib, ajralmaydi,
2. Qanday kartoshni tanlash kerak? Bo`tqa uchun yangi chiqqan kartoshka to`g`ri kelmaydi, chunki uning tarkibida kraxmal miqdori kam. Natijada, taomingiz qumoq-qumoq bo`lib qoladi.
3. Yoqimsiz hiddan xalos bo`lish. Kartoshkani po`stidan archishdan oldin uni yaxshilab yuving. Chunki sabzavot erning isini o`ziga singdirib olgan bo`ladi. Agar uni yuvmasangiz, po`sti olingan kartoshkani qancha yuvmang hidi turaveradi.
4. Ivitimang. Tozalangan kartoshkani suvda uzoq ivitib qo`ymay darrov pishiring. Suvda uzoq qolib ketgan kartoshkaning ta`mi o`zgaradi, kraxmali ham yuvilib ketadi.
5. Tuz yoddan chiqmasin. Kartoshkalarni qaynayotgan, tuzli suvga soling. Shunda bo`tqa tarkibiga tuz yaxshi singib, mazali bo`ladi. Agar uni sovuq suvda qaynata boshlasangiz, ustki qismi tez pishib, o`rtasi xomligicha turaveradi.
6. Ko`p suv solmang. Qozonga kartoshkani nomigagina yopadigan darajada suv quying. ªaynab chiqqandan so`ng olovni pasaytirib, 20-25 daqiqa, qopqog`i yopiq holda pishirib oling.
7. To`g`ri “yordamchi” tanlang. Sabzavot pishganidan so`ng suvini to`kib tashlang. Uni bo`tqa holatiga keltirish uchun blender yoki oshxona kombaynidan foydalanmaganingiz ma`qul. To`g`ri bunday usul ishni ancha tezlashtiradi, lekin bo`tqani yopishqoq va og`ir qilib qo`yadi. Yaxshisi maxsus ezg`ichdan foydalaning.
8. Maxsulotlar solinish ketma-ketlika amal qiling. Avval kartoshkaga xech narsa solmagan holda ezg`ilang, so`ng oz-ozdan sariyog` soling. Fransuz bosh oshpazlari kartoshka bo`tqasiga aynan sariyog`ni ayamaslikni tavsiya etadilar. Sariyog`dan so`ng esa issiq sut yoki suyuq qaymoq qo`shiladi. Agar ular sovuq bo`lsa, bo`tqaga yopishqoq massaga aylanadi.
9. Shu ondayoq eng. Bo`tqani oldindan tayyorlamang, uni tayyor bo`lishi bilan dasturxonga tortish kerak. Bo`tqa isitilmaydigan taomlar turiga kirishini esingizdan chiqarmang.
10. O`zgacha ta`m sari. Іech kimnikiga o`xshamas, faqatgina xashamatli restoranlarda mehmonlarga tortiladigan bo`tqani tayyorlash uchun, kartoshka qaynayotganda unga dafna bargi, boshqa sabzavotlar solib yuboring. Uni bo`tqa holatiga keltirayotganda esa zaytun yog`ida tab berilgan piyoz, maydalangan yangi ko`katlar yoki maydalangan muskat yong`og`idan solib yuboring.