1

52 nafar O`zbekiston fuqarolari 1 kun davomida Dubay xalqaro aeroportida qolib kelgan

Dunyo 20.04.2024, 09:21
52 nafar O`zbekiston fuqarolari 1 kun davomida Dubay xalqaro aeroportida qolib kelgan

Joriy yilning 16 aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarida kuchli jala quyishi, suv toshqini yuz berishi oqibatida Dubay xalqaro aeroporti o`z faoliyatini vaqtincha to`xtatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Xalqaro aeroport hududi va uchish-qo`nish yo`laklari suv ostida qolgani tufayli ichki va xalqaro samolyotlar parvozi kechiktirildi yoki to`xtatildi. Ayrim samolyotlar Amirliklarning boshqa aeroportlariga yo`naltirilgan.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Dubay xalqaro aeroportida qolib ketgan fuqarolarimizga konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida aeroportda bo`lishdi.

Vatandoshlar bilan bo`lib o`tgan suhbat davomida ma`lum bo`lishicha, 2024 yil 16 aprel kuni "Dubay – Toshkent" yo`nalishi bo`yicha parvozni amalga oshirishi kerak bo`lgan "Centrum Air" aviakompaniyasi samolyotining uchishi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan. Ushbu holat natijasida 52 nafar O`zbekiston fuqarolari 1 kun davomida Dubay xalqaro aeroportining kutish zalida qolib kelgan.

Hamyurtlarimizni O`zbekistonga qaytarish bilan bog`liq masalalarni o`rnatilgan tartibda hal etish maqsadida O`zbekiston Bosh konsulxonasi, "Uzbekistan Airways" va "Centrum Air" aviakompaniyalari vakillari Dubay xalqaro aeroporti mutasaddilari bilan uchrashuv o`tkazdilar.

Muzokaralar yakunida "Centrum Air" kompaniyasi yo`lovchilari bo`lgan yurtdoshlarimizni "Uzbekistan Airways" kompaniyasi samolyotida O`zbekistonga jo`natish to`g`risida kelishib olindi. Bortida hamyurtlarimiz bo`lgan "Dubay-Toshkent" yo`nalishidagi samolyot 17 aprel kuni soat 22:30 da O`zbekistonga uchib ketdi.

Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, noqulay ob-havo sababli aeroportda qolib ketgan hamyurtlarimizga Bosh konsulxona tomonidan oziq-ovqat va boshqa turdagi zarur mahsulotlar tarqatildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1