AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda shifokor kaltaklandi

'Qashqadaryoda shifokor kaltaklandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida fuqaro farzandi vafot etganini aytgan shifokorni urdi. Bu haqda “Millar” ko`rsatuvida ma`lum qilindi.

Videoda aytilishicha, 2 yoshli bola divandan yiqilib tushib, Shahrisabz shahri bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Bolaning bosh miyasiga qon quyilgani sababli reanimasiya bo`limiga o`tkazilib, sun`iy nafas apparatiga ulangan. 

Shifokorlar uning ahvoli haqida ota-onasiga axborot berib turgan. 17 aprel kuni ahvoli og`irligi sabab bolada biologik o`lim kuzatilgan. Buni eshitgan bolaning otasi esa shifokorni urgan.

“Otasiga aytganimdan keyin, otasi to`g`ridan-to`g`ri yuzimga musht bilan urdi. Xushimni yo`qotdim, qolganini to`liq eslolmayman”, — deydi 47 yoshli jarrohlik bo`limi boshlig`i.

Shifokorga kallamiyaning yopiq shikasti, boshmiya chayqalishi, chap ko`z qovoqlari yumshoq to`qimalarining lat eyishi tashxisi qo`yilgan. U hozirda qo`shma shikastlanish va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazida davolanmoqda.

“Mening bolam o`lganini aytmay turib ular o`zlari boshladi muammoni. Erim asabiylashib bir musht urib yubordi, boshqa kuch ishlatganlari yo`q, faqat ko`tara olmadilar”, — dedi bolaning onasi va shifokordan “to`g`ri tushunish”ni so`radi.

Kaltaklangan shifokor farzandini yo`qotgan ota-onaga hozir juda qiyin ekani bois holat bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaganini aytgan.

Shu sababli tekshiruv harakatlari boshlanmagan, ammo holat Qashqadaryo viloyati IIBning qattiq nazorati ostida, deyiladi xabarda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar