Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.
Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.
“Yo`llar daryoga aylangan, bir necha kilometr uzunlikdagi tirbandliklar yuzaga kelgan. Ayrim metro bekatlarini yomg`ir suvi bosgan”, deya yozdi mahalliy nashrlar.
Poytaxtning ayrim nuqtalarida ehtiyot chorasi sifatida elektr ta`minoti uzilgan. Anqara gubernatorining ma`lum qilishicha, suv toshqini bilan bog`liq 1330 ta murojaat kelib tushgan, ularning 930 tasiga javob berilgan.
Tabiiy ofat oqibatida halok bo`lgan yoki jarohatlanganlar haqida hozircha ma`lumot yo`q.