AsosiyDunyo

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

'Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi'ning rasmi

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.

Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va importni to`xtatgan. Turkiya rasmiylari bu qadamni rasman e`lon qilmagan. Turkiya statistika xizmati ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yili Turkiya va Isroil o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarni tashkil etgan bo`lib, uning 76 foizi Turkiya eksporti bo`lgan.

Aprel oyida Turkiya G`azo sektorida o`t ochishni to`xtatgunga qadar Isroilga 54 nomdagi sanoat tovarlari eksportiga cheklovlar joriy etilishini e`lon qilgandi. Isroil bunga javoban sanksiyalar bilan tahdid qildi va Amerika kongressmenlariga murojaat qilishini aytdi.

Eslatib o`tamiz, 2023 yil oktyabrda G`azo sektorida urush boshlangach, Turkiya rahbariyati Isroil harakatlarini keskin tanqid qildi. Ikki davlat o`rtasida diplomatik taranglik vujudga keldi. Jumladan, Isroil Turkiyadagi o`z elchisini chaqirib oldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar