AsosiyJamiyat

Namanganda bog`cha tarbiyachisi bolalarni qabristonga olib borgan

'Namanganda bog`cha tarbiyachisi bolalarni qabristonga olib borgan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoklarda Chortoq tumani, “Iftixor”  MFYning Tol ko`chasida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti bo`yicha yoritilgan maqola o`rganib chiqildi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim agentligi darakchi’ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ni o`tkazish bo`yicha tavsiya xati berilgan.

Biroq 2024 yil 8 may kuni, YaTT U.M. tomonidan Damas avtomashinasida o`rindiqlardan ortiqcha bolalarni olib, tuman markazida joylashgan Xotira maydoniga tarbiyalanuvchilari olib borilgan. Xotira maydonidan qaytishda YaTT U.M. tomonidan yaqin va bir yo`nalishda bo`lganligi uchun so`roqsiz Tol mozor qabristoniga tarbiyalanuvchilar bilan birga kirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chikib YaTT U.M. bilan bo`lib o`tgan xolat yuzasidan suxbatlashildi. 2024 yil 13 may kuni YaTT M.ni tushuntirish xati va uning xatti xarakatlariga qonuniy chora ko`rish bo`yicha hujjatlar viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasiga taqdim qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar