AsosiyJinoyat

Farg`onada diniy ekstremistik oqimning faol a`zosi 12 yilga qamaldi

'Farg`onada diniy ekstremistik oqimning faol a`zosi 12 yilga qamaldi'ning rasmi

Farg`onada "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy ekstremistik oqimining faol a`zosi bo`lgan Abdumutal Abdurahimov qamaldi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbuot xizmati.

Abdumutal Abdurahimov Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan vaqtida islom diniga qiziqishi tufayli internet orqali turli ma`ruzalarni eshitgan.

Xususan, u "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy terroristik tashkiloti tarafdorlarining O`zbekistonning amaldagi tuzumini Konstitusiyaga xilof ravishda o`zgartirishga xizmat qilishga qaratilgan ma`ruzalaridagi aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan video va audio materiallarni eshitib, ularning ta`sirida ekstremistik g`oyalarni qo`llab-quvvatlab kelgan.

U Telegram messenjeri orqali oqim tarafdori M.A. bilan aloqa qilib, yozishmalar olib borgan. "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy ekstremistik oqimiga a`zo bo`lib, ularning kitoblaridan virtual ta`lim oladi.

"Hizbiy xalqa"da virtual tarzda olgan diniy saboqlari natijasida diniy aqidaparastlikka berilib, uning g`oyalarini qo`llab-quvvatlagan. U mazkur diniy tashkilotga sodiqlik qasamyodini qabul qilgan hamda oylik daromadidan a`zolik badali to`lab kelgan. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda diniy oqimning g`oyalarini faol targ`ib qilib kelgan.

Oltiariq tumaniga qaytib kelgach, Telegram'da turli guruhlarni tashkil qilgan hamda o`zining tanishlarining profillarini bu guruhga qo`shgan. A. Abdurahimov aqidaparastlik g`oyalaridan saboq berib kelgan. Shuningdek, u faoliyatini davom ettirib, bir necha shaxslarni ham guruhiga jalb etgan hamda diniy oqimning materiallarini tarqatgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida A. Abdurahimovning qilmishlari fosh bo`ldi.

Uning telefonidan olingan ashyoviy dalillar diniy oqimning materiallari ekanligi tasdig`ini topdi. Jinoyat ishlari bo`yicha Bag`dod tuman sudining hukmiga ko`ra, u 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar