AsosiyJinoyat
1917

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi

'Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi'ning rasmi

Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida 5 tup chinor daraxtini kesgan fuqarolar ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2023 yil 5 dekabr kuni fuqaro Sh. I. o`zining 4 nafar tanishi bilan tumanning Mash`al mahallasidagi “Ma`rufxon hosil baraka” fermer xo`jaligiga qarashli dala maydoniga borib, motorli arra va boshqa ish qurollari yordamida 5 tup sharq chinori daraxtini tag qismidan kesib olgan. Ko`p yillik daraxtlarga etkazilgan zarar miqdori 247 million 180 ming so`m bo`lgan.

Ular daraxtlarni bo`laklarga bo`lgan va KamAZ yuk mashinasiga joylab, Toshkent shahrida xalq tilida “Taxta bozori” deya ataluvchi bozorda sotish uchun olib ketayotganida ichki ishlar xodimlari tomonidan to`xtatilgan.

Boshqarmaninganiqlik kiritishicha, 2 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha O`rta Chirchik tumani sudi hukmi bilan ular Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilgan.

Fuqaro Sh. I.ga 2 yil, qolgan sheriklarining bir nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar