AsosiyJamiyat
838

Toshkentda ko`chalarini, chorrahalarni rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi

'Toshkentda ko`chalarini, chorrahalarni rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi ko`chalar va chorrahalarni rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari olib borilayotgani yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.

20 may kuni Qorasaroy ko`chasining Nurafshon ko`chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko`chasi bilan kesishmasigacha hamda Kichik halqa avtomobil yo`li Nurafshon ko`chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko`chasi bilan kesishmasigacha ta`mirlash ishlari boshlangani haqida xabar berilgandi.

Amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida aholining iltimosiga binoan yoritish tizimlari, fasadlar, drenaj va irrigasiya tizimlari, bordyurlarni yangilash, mahallalarga kirish yo`llarini obodonlashtirish zarurati aniqlandi. Shu sababli, ishlar joriy yilning 26 mayigacha davom etadi.

Ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun jalb qilingan xizmatlar xodimlari kecha-yu kunduz ishlashi aytilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar