AsosiyJamiyat
837

O`zbekistonlik odam savdogari Istanbulda qo`lga olindi

'O`zbekistonlik odam savdogari Istanbulda qo`lga olindi'ning rasmi

Firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblangan, qidiruvdagi 1979 yilda tug`ilgan Raximov Ozod Sadulloevich 6 may kuni Istanbul shahrida qo`lga olinib, O`zbekistonga deportasiya qilindi. Bu haqida Istanbul Bosh konsulxonanisi xabar bermoqda.

 Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan fuqarolardan O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O`zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so`raladi. Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta`qib izchil ravishda davom ettiriladi. 

- Jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat`iy ta`minlanadi. Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda AQSh, Kanada yoki Evropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo`lishlarini so`raymiz, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar