Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatida to`rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo`lgani aks etgan video tarqalgandi. Viloyat IIBB YHXB hodisa haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o`tgan yo`lda 1993 yilda tug`ilgan R.R. "Toyota Prado" rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan. Natijada, qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan "Cobalt", "Damas" va "Spark" rusumli transport vositalari bilan to`qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida, "Toyota Prado" haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.