AsosiyJamiyat
1774

Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda

'Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash to`g`risida”gi qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament tasdiqlandi. U 2025 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. 

Unga ko`ra,

  • eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun mo`ljallangan;
  • yuridik shaxslar tomonidan ko`rgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;
  • jismoniy shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan o`z ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste`mol qilish moslamalariga nisbatan qo`llanilmaydi.

Texnik reglament:

  • xom ashyo va ingredientlar;
  • tashish va saqlash;
  • ishlab chiqarish;
  • qadoqlash;
  • tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.

 

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yo`l qo`yiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.

Shuningdek, tamaki mahsulotlarining o`ramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.




 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar