1

Surxondaryodagi savdo do`konlarida yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 15.06.2024, 10:44
Surxondaryodagi savdo do`konlarida yong`in sodir bo`ldi

Surxondaryoda do`konlarda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati Denov tumanida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan ma`lumot berdi.

Xabar berilishicha, 14 iyun kuni soat 23:08 da Denov tumani Namozgoh mahallasida joylashgan “Denov baraka yashil olami” MChJ hududidagi savdo do`konlarida yong`in sodir bo`lgan va bir qatorda joylashgan 5 ta savdo do`konlarining 100 kvadrat metr maydonidagi oziq-ovqat mahsulotlari yong`indan zararlangan.

Voqea joyiga Denov, Sho`rchi, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlari FVBlarining 8 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da etib borib, yong`in soat 23:25 da qurshab olingan va soat 01:10 da batamom o`chirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1