1

Lavlagidan 5 xil salat

SUG'DIYONA 28.11.2016, 12:17
Teglar: Taom, Ayol
Lavlagidan 5 xil salat

1. Pishloqli. 2 ta lavlagini qaynatib, yirik tishli qirg`ichdan o`tkazing. 2 bo`lak sarimsoq piyozni ezing. 100 gr. pishloqni ham qirg`ichdan chiqarasiz. Masalliqlarni aralashtirib, mayonez va tuz soling.

2. Yong`oqli. 2 ta kichikroq lavlagini qaynating. 5 ta olxo`ri qoqi va lavlagini somoncha shaklida to`g`rang. 6 dona yong`oqni maydalang. Keyin lavlagi, olxo`ri qoqi va yong`oqni aralashtiring. 1 bo`lak sarimsoq piyozni ezib, qo`shing. Tuz sepib, mayonez solib aralashtiring.

3. Zaytun yog`ili. 4 dona lavlagini qaynating. Keyin yirik tishli qirg`ichdan o`tkazing. Yarim bog` ko`k piyoz va kinzani maydalab to`g`rang. 3 osh qoshiq zaytun yog`ini 1 osh qoshiq limon sharbati bilan aralashtirib, tuz, murch soling. Qaylani lavlagiga qo`shib, maydalangan ko`k piyoz va kinza soling.

4. Qizil murchli. 4 ta lavlagini qirg`ichdan o`tkazib, 2 bo`lak ezilgan sarimsoq piyoz, 2 qoshiq sirka va qizil murch seping. 4 osh qoshiq qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling. 12 soat muzlatkichda yoki salqin joyda saqlang.

5. Olmali. 2 tadan lavlagi, sabzi va turpni qirg`ichdan o`tkazing. Tuz sepib, 2 osh qoshiq sirka solib, yaxshilab aralashtiring. Keyin biroz vaqt qo`ying. Ko`k piyoz va ko`katlarni maydalab to`g`rang. 1 ta olmani qirg`ichdan o`tkazing. Ularni ham salatga qo`shib, murch va ziravorlardan seping.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1