21 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, kunning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmidaba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li tumanlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.