AsosiyJAMIYAT

Raqobat qo‘mitasi yana bir bankni jarimaga tortdi

Orient Finans banki Termiz filiali tashqi reklama vositalarini o‘rnatishda qonunchilik talablarini buzgan.

'Raqobat qo‘mitasi yana bir bankni jarimaga tortdi'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Orient Finans Termiz filialiga ish qo‘zg‘atib, jarimaga tortdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaga Orient Finans xususiy aksiyadorlik tijorat banki Termiz filiali tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarini qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, Orient Finans Termiz filiali tomonidan Termiz shahri Hakim at-Termiziy ko‘chasidagi bank ofisi oldida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarini o‘rnatish huquqini beruvchi hujjatlari (pasport, guvohnoma, ruxsatnoma va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar) mavjud emasligi hamda reklama axborotini tarqatish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelingani aniqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Reklama to‘g‘risida”gi qonun 24 va 25-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Orient Finans Termiz filialiga nisbatan belgilangan tartibda  ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 05:47

Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 04:47

AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Shahboz Sharifning ta'kidlashicha, muzokaralarda vositachilik qilgan Pokiston AQSh va Eronga, shuningdek, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

'Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 04:25

Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi

U mazkur masalani shaxsan o‘z nazoratiga olganini bildirib, giyohvandlikka qarshi kurashda jamiyatning har bir a’zosi faol bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

'Bankomatlardagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi'ning rasmi

JAMIYAT 14.06.2026 16:11

Bankomatlardagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi

Markaziy bank 6 avgustdan boshlab bankomatlar orqali naqd pul yechishdagi uzilishlar uchun tijorat banklariga moliyaviy jarimalar qo‘llaydi.

'O'zbekistonda eski mashinalarni utilizatsiya qilish tizimi joriy etiladi'ning rasmi

JAMIYAT 14.06.2026 13:18

O'zbekistonda eski mashinalarni utilizatsiya qilish tizimi joriy etiladi

30 yildan oshgan avtomobillarga har yili 12,3 mln so‘m ekologik kompensatsiya to‘lovi joriy etilishi mumkin.

'Ortiqcha shovqinga qarshi yangi cheklovlar joriy etildi'ning rasmi

JAMIYAT 14.06.2026 09:06

Ortiqcha shovqinga qarshi yangi cheklovlar joriy etildi

Hujjatga ko‘ra, shovqin tufayli zarar ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lash mexanizmlari joriy etilishi mumkin.