AsosiyJamiyat

Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlariga ishga joylashtiriladi

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

'Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlariga ishga joylashtiriladi'ning rasmi

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

  • mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat organlari va tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga joylashtirish xizmati kiritilmoqda;
  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ularning murojaatisiz ro‘yxatga olinishi tartibi belgilanmoqda;
  • mahalliy mehnat organlari tomonidan yo‘llanma asosida ishga yuborilgan shaxslarni, shu jumladan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi bo‘yicha yuborilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni ishga qabul qilishni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etgan davlat tashkilotlariga, davlat ulushi ellik foiz va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarga javobgarlik belgilovchi me’yorlar kiritilmoqda.   

Qonun loyihasining qabul qilinishi aholini ishga joylashtirish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash orqali ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar