AsosiyJamiyat

Toshkentda Nexia yonib ketdi

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentda Nexia yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida Nexia-1 yonib ketdi. Bu haqda FVB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 3 avgust kuni soat 19:07 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 19:15 da yetib borib, yong‘in soat 19:19 da o‘chirilgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar