AsosiyJamiyat

Toshkentda Malibu-2 va Nexia-1 o‘rtasida avtohalokat sodir bo‘ldi

Haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi tan jarohat olgan.

'Toshkentda Malibu-2 va Nexia-1 o‘rtasida avtohalokat sodir bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa soat 05:20 larda Chilonzor tumani Zargarlik-Shirin ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Unda Malibu-2 hamda Nexia-1 rusmli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida Nexia-1 rusumli avtomashina haydovchisi va Malibu-2 rusumli avtomashina yo‘lovchisi tan jarohat olgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar