AsosiySiyosat

"O‘zbekiston ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi"

O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamaxmudov Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

'"O‘zbekiston ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi"'ning rasmi

Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab elektr kabelini o‘tkazish bo‘yicha Qozog‘iston-O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma uch tomonlama loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, O‘zbekiston 2030 yildan boshlab ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamaxmudov Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishi doirasida ma’lum qilgan.

"Joriy yil oxiriga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan umumiy energiya quvvatini 4 GVt dan ortiq darajaga yetkazamiz. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 20 GVt dan oshadi, shundan 2 dan 5 GVtgacha Yevropaga eksport qilinadi", — dedi J.Mirzamahmudov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportning aniq hajmi elektr energiyasini uzatish tizimining quvvati va yevropalik xaridorlarning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi.

Vazirning qayd etishicha, O‘zbekistondan boradigan elektr energiyasi Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi orqali Qozog‘istondan Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab Ozarbayjonga, u yerdan Gruziyaga, so‘ngra Ruminiya, Vengriya va Bolgariyaga yetkaziladi.

Rejaga muvofiq, O‘zbekistonda 2030 yilga borib umumiy ishlab elektr chiqarish quvvati 2,4 barobarga – 44,9 GVtgacha oshiriladi. Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 40 foizga yetkaziladi va bu maqsadda umumiy quvvati 18,8 GVt (8,6 GVt – quyosh, 10,2 GVt – shamol) bo‘lgan quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Shavkat Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi Raisi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

Siyosat 07.04.2025 16:35

Shavkat Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi Raisi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Vetnam bilan amaliy sheriklikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

'Martin Pukvareke Chungongni O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi'ning rasmi

Siyosat 07.04.2025 16:08

Martin Pukvareke Chungongni O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.

'Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

Siyosat 05.04.2025 12:22

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.

'Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Samarqandni tark etdi'ning rasmi

Siyosat 04.04.2025 13:00

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Samarqandni tark etdi

Ularni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

'Shavkat Mirziyoyev va ETTB rahbari uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

Siyosat 03.04.2025 08:47

Shavkat Mirziyoyev va ETTB rahbari uchrashuv o‘tkazdi

YETTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari 5 mlrd yevrodan oshdi.

'Ursula fon Samarqandga tashrif buyurdi'ning rasmi

Siyosat 02.04.2025 16:02

Ursula fon Samarqandga tashrif buyurdi

U prezident raisligida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida ishtirok etadi.