Har qanday turdagi paltoni tozalashdan avval uning yorlig`iga ahamiyat berish yodingizdan chiqmasin. Agar yorlig`ida kimyoviy tozalashdan tashqari, qo`lda yuvishga ruxsat berilgan bo`lsa, ishga kirishamiz.
- Kashmir paltosini shampun yoki jun matolari uchun mo`ljallangan kir yuvish kukuni 30 darajali iliq suv solingan katta tog`oraga soling va yumshoq chyotka yordamida dog` bo`lgan joylariga ishlov berib, yuving. Chayish jarayonida kondisionerdan foydalaning. Paltoni rulon shaklida o`rab, engil siqing, so`ng katta paxmoq sochiq solingan stolga yoyib, quriting. Shuningdek paltoning elkasiga mos ilgichga osib, quritish ham mumkin.
- Drap paltoni tozalash uchun gilamlarni tozalash vositasidan foydalanish mumkin. Vositani qadog`idaga ko`rsatmaga binoan suvda eritib, ko`pigini paltoga surtib chiqiladi va qurigach, tabiiy tukli chyotka bilan tozalanadi.
- Yung gazlamadan tikilgan paltolardagi dog`larni 1 qoshiqdan sirka va spirt aralashmasiga bo`ktirilgan gubka yordamida arting. Agar palto to`q rangli bo`lsa, gubkani qora choyga botirib, artishingiz mumkin.
- Barcha turdagi paltolardagi dog`larni tozalayotganda, dog` chetidan markazga qarab tozalang, agar birinchi bo`lib markazni artsangiz, dog`lar yon taraflarga tarqab, ishingiz qiyinlashadi.
- Dog`larni tozalayotganda paltoning tagiga, albatta, sochiqcha qo`ying, u o`ziga dog` va kirlarni yutib oladi.
- Paltoga yog` to`kilsa, ustiga darrov kartoshka kraxmali yoki talkdan qalin qilib sepib, bir necha soatga shu holatda qoldiring. So`ng qoqib tashlang.
- Palto yoqasidagi kirni tuz va novshadil spirtidan tayyorlangan qorishmada (4:1) artib, tozalang.





