AsosiyJamiyat

Zomindagi dor yo‘li 18 avgustgacha yopildi

12 avgustdan 18 avgustga qadar yilda bir marta o‘tkaziladigan profilaktika ishlari olib boriladi.

'Zomindagi dor yo‘li 18 avgustgacha yopildi'ning rasmi

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi "Zomin" sayyohlik-rekreatsion zonasida joylashgan dor yo‘li 12 avgustdan vaqtincha yopildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, osma dor yo‘li 18 avgustga qadar ishlamaydi. Bu paytda yilda bir marotaba o‘tkaziladigan profilaktika ishlari olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur dor yo‘li 2023 yilning avgustida ochilgandi. Uning uzunligi 2102 metr bo‘lib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat ko‘rsatadi. 133,3 mlrd so‘mlik loyiha Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar