AsosiyJamiyat

"Andijon" futbol klubining legioner futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi (video)

Futbolchiga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

'"Andijon" futbol klubining legioner futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi (video)'ning rasmi

Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Andijon" klubi futbolchisi va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi munosabat bildirdi.

Joriy yilning 11 avgust kuni Chilonzor tumanida joylashgan "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" - "Andijon" jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Andijon" klubi a’zosi Marlen Chobanov stadionning VIP bo‘limida o‘yinni tomosha qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, soat 22:05 da futbolchi VIP bo‘limi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega bo‘lmagan futbolchidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan.

Ammo futbolchi Marlen Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 17:23

"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi

Sanjar Sattarov rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 16:23

Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

'O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 13:50

O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

'1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 09:31

1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

'“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 09:23

“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

'Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 08:05

Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.