- Tushni uch oydan ortiq saqlab bo`lmaydi. Saqlanish muddatidan o`tganidan so`ng, u kipriklarga tekis surtilmaydi va ularni og`irlashtiradi.
- Tush vaqtidan oldin qurib qolmasligi uchun, cho`tkani idishidan asta olib, so`ng shu alfozda qaytib solish lozim. Keskin harakat bilan pastga-tepaga ishqalash uning qurib qolishi va sifatining yomonlashuviga olib keladi.
- Agar cho`tkada qurigan tush qotib qolgan bo`lsa, uni idishga solishdan oldin salfetka bilan tozalash kerak.
- Tushingiz tugayotganida, uning cho`tkaga ilinishi uchun tepa-pastga qaratib yurgizmang. Bu holatda siz idishga havo kiritib, tushning qurish jarayonini tezlashtirasiz. Cho`tkani burama harakat bilan idish devori ichidan aylantirsangiz, yaxshi olinadi.
- Tushingiz uzoq xizmat qilishi uchun… idishni ochiq holatda uzoq saqlamang va qopqog`ini mahkam berkiting.
- Linza yoki ko`zoynak taqsangiz… o`ta sifatli tush tanlang va ularni surtishda ehtiyot choralarini ko`ring. Chunki sifatsiz tushlar allergiyaga sabab bo`ladi.
- Agar tush surtgan bo`lsangiz… ikkinchi bor pardoz qilishga to`g`ri kelganda, kipriklardagi bo`yoqni tozalamasdan qayta bo`yamang.
- Ulama kipriklarga tush surtish shart emas! Bu ularni qo`pollashtiradi.
- Tush surtganda ular kipriklaringizda yig`ilib qolmasligi, bir-biriga yopishtirmasligi uchun… tarkibida gliserin bor bo`yoq vositasi tanlang.
02.12.2016 05:55





