1. Asal+limon+suli yormasi
1 osh qoshiqdan eritilgan asal, suli yormasi, qatiq va zaytun yog`ini yarim choy qoshiq limon sharbati bilan yaxshilab aralashtirib, uxlashdan oldin yuzingizga surtib, 40 daqiqa kuting. So`ngra iliq suv bilan yuving. Ushbu niqob yuz terisini oziqlantiradi.
2. Kosmetik loydan
1 osh qoshiqdan maydalangan suli yormasi, kosmetik loy va limon sharbatiga ozgina suv (qorishma smetana quyuqligida bo`lishi kerak) solib, tozalangan yuz terisiga surting. 30 daqiqa keyin avval iliq suv, so`ngra sovuq suv bilan chaying. Bu niqob yuzni oqartirib, dog`lardan xalos etadi.
3. Yog`li yuzlar uchun
1 osh qoshiqdan suli yormasi, tabiiy yogrut va pomidor sharbatiga ozgina limon sharbati solib, yuzingizga 20 daqiqaga surtib qo`ying. Iliq suv bilan yuvasiz. Pomidor tarkibidagi antioksidantlar yuz terisini yoshartirib, husnbuzarlardan tozalaydi.
4. Aloe+quruq sut+bodring
O`rtacha kattalikdagi bodringni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiq aloe sharbati, 1-2 osh qoshiq quruq sut va 1 osh qoshiq asal bilan aralashtiring va tozalangan yuz terisiga surting. Yotgan holda 20 daqiqa kuting. Iliq suvda yuvib, oziqlantiruvchi kremdan surtib oling. Yuz terisini tozalab, tiniqlashtiradi.





