AsosiyJamiyat

O‘zbekistonlik talaba “Quiz on Korea – 2024“ tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Janubiy Koreya poytaxtida an’anaviy “Quiz on Korea 2024” koreys tili va madaniyati xalqaro tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.

'O‘zbekistonlik talaba “Quiz on Korea – 2024“ tanlovi g‘olibi bo‘ldi'ning rasmi

Seul shahrida o‘n uchinchi marotaba o‘tkazilgan mazkur xalqaro tanlovning final bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Mohira Ergasheva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Joriy yilgi tanlovda 21 davlatdan eng iqtidorli talabalar qatnashib, ular Janubiy Koreya tarixi, iqtisodiyoti, jamiyati, tili va madaniyati haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qayd etilishicha, endilikda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston talabalari soni 3 nafarga yetgan. Bundan avval, ya’ni 2012 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi Hulkar Erdanova va 2022 yilda Koreya Fondi stipendiyasi dasturi bo‘yicha loyiha koordinatori Sa’dulla Ibragimov tanlov bosh mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar