AsosiyMadaniyat

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 88-konsertlar mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

Samarali mehnat qilgan bir qator ijodkorlar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

'O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 88-konsertlar mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 88-konsertlar mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.  Bu bo‘yicha darakchi.uz muxbiri reportaj tayyorladi. 

Poytaxtimizning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining barcha ijodiy jamoalari ishtirokida konsertlar mavsumining unutilmas ochilishi hamda yil davomida faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, filarmoniya jamoasini yangi mavsum ochilishi bilan muborakbod etdi va samarali mehnat qilgan bir qator ijodkorlarni “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi


Konsert avvalida O‘zbekiston davlat filarmoiyasining 88 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan qiziqarli ma’lumotlarga boy videorolik namoyish etildi. Unda Muassasa tashkil etilgan 1936 yildan to bugungi kungacha bo‘lgan ijodiy jarayonlar, faoliyat yuritgan san’at darg‘alari hamda sohadagi o‘zgarishlar aks etgan.

Shundan so‘ng, muxlislarga ijodiy jamoalar ishtirokida qiziqarli konsert dasturi taqdim etildi. Dastur davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tojiboyev hamda bir qator san’at darg‘alari tomonidan yil davomida munosib faoliyat yuritgan jamoa vakillari va ijodkorlar Filarmoniya statuyetkalari hamda maxsus diplomlar bilan tantanali taqdirlanishdi.   

Konsert dasturida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, G‘ulomjon Yoqubov, Mansur Toshmatov, Jenisbek Piyazov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘iyos Boytoyev, Dilfuza Rahimova, Anvar G‘aniyev, Abdulla Shomag‘rupov, Ma’suma Boltaboyeva, xonandalar Sardor Mamadaliyev, Feruza Ochilova, Dilmurod Otajonov, Rasul Abdullayev va boshqa san’atkorlar o‘z qo‘shiqlari bilan muxlislarni xushnud etishdi. 

Shu tariqa O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 88-konsertlar mavsumi ochildi. 
Yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda Filarmoniya jamoasi 88-mavsumda ham siz aziz muxlislarni xursand qilishga hamda o‘zbek madaniyati va san’atini dunyo uzra tarannum etishga tayyor. 

    Boshqa yangiliklar

    'Ozodbek Nazarbekovga Qirg‘iziston xalq artisti unvoni berildi'ning rasmi

    Madaniyat05.09.2024 14:42

    Ozodbek Nazarbekovga Qirg‘iziston xalq artisti unvoni berildi

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ikki davlat madaniyat va san’at sohasi vakillarini faxriy unvon bilan mukofotladi.

    'YUNESKOda "Boqiy Buxoro" bog‘ini barpo etish masalasi muhokama qilindi'ning rasmi

    Madaniyat27.07.2024 11:56

    YUNESKOda "Boqiy Buxoro" bog‘ini barpo etish masalasi muhokama qilindi

    Qurilish va rekonstruksiya ishlari davomida obidalarga putur yetkazmaslikka alohida e’tibor qaratildi.

    ''ning rasmi

    Madaniyat23.07.2024 17:37

    ''ning rasmi

    Madaniyat22.07.2024 15:37