AsosiyJamiyat

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari oshiriladi

Aholi va yuridik shaxslar uchun tariflar 15 foizga oshirilishi rejalashtirilgan.

'Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari oshiriladi'ning rasmi

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda xalq deputatlari poytaxt kengashining 12 sentyabrdagi qarorida keltirilgan.

Unga ko‘ra, Veolia Energy tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyida taklif etilgan narxlar ma’qullandi:

  • aholiga — bir Gkal uchun 121 617 so‘m;
  • boshqa ulgurji tashkilotlarga bir Gkal uchun — 244 497 so‘m (QQSsiz).

Aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari narxi so‘nggi marta 2024 yilning 2 aprelida, isitish mavsumi tugagan kundan bir kun o‘tib 15 foizga ko‘tarilgandi.

  • 2024 yilning fevralida Veolia Energy Tashkent Toshkent shahri aholisiga issiq suv va issiqlik ta’minoti tarifini 15 foizga oshirish taklifini kiritgan edi.
  • Bu elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sotib olingan issiqlik energiyasi narxlarining oshishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Rossiyadagi qurilish joyidan o‘zbekistonlik betonchining jasadi topildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 17:02

Rossiyadagi qurilish joyidan o‘zbekistonlik betonchining jasadi topildi

Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

'Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etdi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 16:00

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etdi

Yong‘in uning ijaradagi uyida sodir bo‘lgan.

'Toshkentda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 14:53

Toshkentda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Rossiyada o‘zbekistonlik oila YTHga uchradi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 12:16

Rossiyada o‘zbekistonlik oila YTHga uchradi

YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 11 yoshli bola omon qoldi.

'Internetda tez fursatda mo‘may daromad olishni va’da qilayotganlarga ishonmang!'ning rasmi

Jamiyat Bugun 11:06

Internetda tez fursatda mo‘may daromad olishni va’da qilayotganlarga ishonmang!

Kiberxavfsizlik markazi muhim ogohlantirish bilan chiqdi.

'Jizzaxda hokimlik tasarrufidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" ushlandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 10:06

Jizzaxda hokimlik tasarrufidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" ushlandi

Firibgar 40 sotix yerni 205 mln so‘mga "pullayotganda" qo‘lga tushdi.