AsosiyJamiyat

Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi

Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

'Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 24-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani yuzasidan xabarlar tarqalgan edi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 24-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilinganligi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan.  

O‘rganishlarga ko‘ra, muassasada “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan hamda bir guruh pedagog va texnik xodimlar maktab hovlisida obodonlashtirish ishlarida ko‘maklashgan.

“Maktab direktori o‘qituvchilarni, umuman, ta’lim tizimidagi xodimlarni o‘z vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilmaslik bo‘yicha jiddiy ogohlantirildi. Mehnat qonunchiligi doirasida o‘qituvchilarni majburiy mehnat va boshqa jamoat ishlariga jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining doimiy diqqat-markazida hamda bu masala jiddiy e’tiborda ekanligi ma’lum qilinadi” deyiladi boshqarma munosabatida.

Boshqa yangiliklar