AsosiyJamiyat

O‘zbekistonliklarga Xorvatiyadan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda

Oylik maosh 1000 € dan boshlanadi.

'O‘zbekistonliklarga Xorvatiyadan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Xorvatiyada opalubka, armatura, parket, shtukatur ishlari, kranchi va ekskavatorchilikka ishga takrif etilmoqda.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 18-50 yosh;
  •  rus yoki ingliz tillarini bilish;
  •  soha bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan);
  • sudlanmagan;
  • xorijga chiqish taqiqlanmagan;
  • jismonan va ruhan sog‘lom.

Oylik ish haqi: 1000 € dan boshlanadi.

Yashash joy, transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan.

Viza to‘lovi, aviachipta, agentlik to‘lovi fuqaro hisobidan.

    Boshqa yangiliklar