Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 2024 yil 22 sentyabr kuni fuqaro ov qurolini Yakkabog‘ tumani “Husen” qishlog‘ida joylashgan molxona binosi yonidagi omborxonada joylashgan seyfga tiqib qo‘yishni unutib, ochiqda qoldirgan. Soat 14:30 larda uning 30 yoshli kelini M.J. molxonani tozalash uchun kirgan va ehtiyotsizlik qilib qurolni seyfga joylamoqchi bo‘lgan. Biroq miltiq otilib ketib, o‘q ayolning boshiga tegib uni jarohatlagan. Ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
Qurol saqlashda ehtiyotsizlik qilgan Q.N.ning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lgani uchun 24 sentyabr kuni unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi (qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.