AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga olib kirilayotgan pnevmatik qurollar va 2,7 ming dona o‘q to‘xtatib qolindi

Transport vositasining old tomonidagi o‘rindiq orasiga vazni salkam 3 kg bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etildi.

'O‘zbekistonga olib kirilayotgan pnevmatik qurollar va 2,7 ming dona o‘q to‘xtatib qolindi'ning rasmi

Qoraqalpog‘istonda joylashgan "Dovut-ota" chegara bojxona postidan noqonuniy olib o‘tilayotgan pnevmatik qurollar va o‘qlar fosh etilgan. Bu haqda respublika bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, "Dovut-ota" chegara bojxona posti orqali Rossiyadan kirib kelgan kuryerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yo‘lovchi tomonidan 4,5 mm pnevmatik to‘pponcha, tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona gazballon, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.

Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklaridan 1 dona gazballonli to‘pponcha, 11 dona gazballon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlar borligi ma’lum bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda temir yo‘lda tiqilib qolgan “Damas”ni poyezd urib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 16.12.2024 09:18

    Toshkentda temir yo‘lda tiqilib qolgan “Damas”ni poyezd urib ketdi

    Odamlar mashinani chiqarib olishga harakat qilgan, ammo ulgurmagan.

    'Bugun ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 16.12.2024 07:29

    Bugun ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi

    Respublikada harorat -10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

    'Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2024 18:42

    Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi

    Joriy yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar hamyurtimizning kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.

    'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 22:14

    'Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:17

    Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    'Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi  turistik majmualar bilan tanishtirildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:10

    Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi turistik majmualar bilan tanishtirildi

    Ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimlar malaka oshirmoqda.