Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanida yashovchi 44 yoshli fuqaro xonadonida 30 ga yaqin Osiyo kobra ilonlarini saqlab kelganligi, keyinroq ilonlar ochiqlikka chiqib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent viloyati IIBB ma’lum qilishicha, 30 ga yaqin ilonlar, ijtimoiy tarmoqlarda aytilgani kabi ochiqlikka qo‘yib yuborilmagan. Ilonlarning 4 tasi boqilayotgan joyidan qochib ketgan va qisqa vaqt ichida ularning har 4 tasi ham ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniy natija bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot berilishini ta’minlanadi.