1

Yoqtirgan tamaddingiz fe`lingizdan darak beradi!

SUG'DIYONA 02.12.2016, 15:48
Teglar: SUGDIYONA
Yoqtirgan tamaddingiz fe`lingizdan darak beradi!

PISTA ChAQASIZMI?

Sizga «pashshadan fil yasash» iborasi to`g`ri keladi. Chunki kichik muammolarni ham kattalashtirib yuboradigan odatingiz bor. Ustiga-ustak vahimachisiz. Jahlingizni jilovlashni o`rgansangiz, asabingiz ham taranglashmaydi.

 

YoNG`OQLARNI YoQTIRASIZMI?

Ko`zlagan maqsadingiz yo`lida har qanday to`siqni engib o`tolasiz. Ammo ba`zi paytlari qat`iyyatsizlik kayfiyati yuzaga keladi. Rejalaringizni aniqlashtirib, so`ng amalga oshirishga kirishsangiz, marra sizniki!

 

ChIPS, TUZLI PEChENELAR

Juda g`ayratlisiz. Bir sutkalik uyqingizdan voz kechasiz-u, ammo zimmangizga yuklatilgan vazifani aytilgan muddatda bajarasiz. Shunga ham atrofingizdagilarning ishonchini qozongansiz. hammasi yaxshiku-ya, biroq sog`lig`ingizni ham unutib qo`ymang-da.

 

ShIRINLIKLARGA NIMA DEYSIZ?

Kirishimli insonsiz. Notanish davralarda ham o`zingiz uchun suhbatdosh topolasiz. Tashqi taraflama muloyim ko`ringaningiz bilan aslingizni bilib bo`lmaydi. Shu bois ham goho atrofingizdagilarni esankiratib qo`yasiz.

 

YOGURTLAR DENG....

O`z nuqtai nazaridan boshqasi bilan hisoblashmaydiganlar toifasidansiz. Fe`lingizdagi o`jarlik o`zingizga ham pand beradi. Ammo uni tan olishni istamaysiz. «Otdan tushsa ham egardan tushmaydi» qabilida ish tutmang-da, o`z ustingizda izlaning. 

Sharhlar

Yuzga husnbuzar chiqsa, bu nimaning belgisi?

20.01.2017, 11:59

Husnbuzar yuzingizning qaysi sohasida paydo bo`lganiga ko`ra, organizmingiz uchun qanday muolaja kerakligini bilishingiz mumkin. Demak, ko`zgu qarshisiga turing-da, suratda ko`rsatilganidek, yuz sohalariga diqqat qiling. Agar:...
«Ohu ko`zlar» pardozining 6 qoidasi

20.01.2017, 11:46

Yaqin kunlarda to`yga yoki biror oqshomga otlanayapsizmi? Qanday pardoz qilsam ekan, deb boshingiz qotganmi, unda ushbu pardozni sinab ko`ring. Bu pardoz uchun sizga kulrang, tillarang...
Yuqori marralarni zabt etishning 7 ta siri

19.01.2017, 14:24

Kimning katta yutuqlarga erishib, omad cho`qqilarini zabt etgisi kelmaydi, deysiz. Bilmaymizki, hammasi o`z qo`limizda va buning yo`li juda ham oddiy. Quyida ular bilan tanishasiz... Har...
To`ydan keyingi muhabbat haqida 10 afsona

17.01.2017, 16:39

Mustahkam oila – muammolarsiz emas, balki ularni hal etishga qodir oiladir. Ellik yil birga yashagan er-xotinning oltin to`yida choldan so`rashayapti: – Ota, shuncha yillik turmush...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1