AsosiyJamiyat

Joriy yilgi paxta terim narxi belgilandi

Avval har bir kilogramm uchun 1500 so‘mdan to‘lab kelingan bo‘lsa, endilikda bu narx oshirildi.

'Joriy yilgi paxta terim narxi belgilandi'ning rasmi

Hukumat tomonidan 9 oktyabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lash belgilandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu narx aholi daromadlarini oshishiga ham xizmat qiladi. 

“Masalan, bir oiladan 4 kishi kuniga 400 kg paxta terib, 1 mln so‘m ishlab topsa, bu qolgan 20-25 kunlik terimda 20-25 mln oilaviy daromad degani”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, tarmoqlarda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov terimchilarga bir kilo paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lanishini aytgan videolavha tarqaldi.

Xabar qilinishicha, qo‘lda terilgan 1 kg paxta xom ashyosi uchun 2500 so‘mdan 2000 so‘mi kredit, 500 so‘mi klaster korxonasi hisobidan to‘lanadi.

    Boshqa yangiliklar