Zarur masalliqlar: 1 st. yasmiq doni (chechevisa), bittadan qizil bulg`or qalampiri va pomidor, 1 bosh piyoz, 1 bo`lak selderey ko`kati, o`simlik yog`i, yarim choy qoshiqdan qora murch va zira, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Piyoz va selderey ko`katini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.
2. To`g`ralgan pomidor va bulg`or qalampirini ham qo`shib, engil qovuring.
3. Tozalangan yasmiq donini tuzli suvda qaynatib oling. Pishgach, asosiy masalliqlarga qo`shing-da, murch, zira va tuz solib ta`mini sozlang.
4. Taom yanada mazali bo`lishi uchun 10 daqiqa past olovda dimlanishi lozim. So`ng idishga suzib, ko`katlar va smetana bilan bezatishingiz mumkin.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa
5 kishilik





