AsosiyJamiyat

4 ta viloyatga sel kelish xavfi e’lon qilindi

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

'4 ta viloyatga sel kelish xavfi e’lon qilindi'ning rasmi

"O‘zgidromet" markazi 11 okyatbr va 13-14 oktyabr kunlari Farg‘ona vodiy viloyatlari hamda Toshkent viloyati tog‘ va tog‘ oldi tumanlarida sel kelish xavfi e’lon qildi.

Jumladan:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida vaAngren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suvtoshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda. 

Qayd etilishicha, Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suvbosishiga olib kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar