1

50 yoshda husnbuzar! Shunaqasi ham bo`ladimi?

SUG'DIYONA 03.12.2016, 11:11
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
50 yoshda husnbuzar! Shunaqasi ham bo`ladimi?

«Yoshim 50da. Shu kungacha husnbuzarlar o`smirlarning muammosi deb yurarkanman. Biroq yaqinda yuzimga mayda oq husnbuzarlar tosha boshladi. Bir-ikki niqoblar qilib ko`rdim, befoyda. Ko`rinishidan xuddi husnbuzarga o`xshaydi, faqat hajmi sal kichikroq. Ammo siqib bo`lmayapti. Ulardan qanday xalos bo`lish mumkin. Uy sharoitida ulardan xalos bo`lish mumkinmi?»

Marg`uba, Andijon viloyati  

Mushtariymizning savoliga tajribali kosmetolog Mahbuba MAMANOVA bilan birgalikda javob beramiz.

 

Milium — husnbuzar emas?

Mushtariymiz ta`rifini keltirgan tariqqa o`xshash oq toshmalar kosmetologiyada milium deb nomlanadi. Asosan ko`z atrofi, qovoq va peshana sohasida uchraydi. Bilasiz, inson terisi ostida mayda yog` bezlari mavjud bo`lib, ular tabiiy «krem» ishlab chiqarib, yuzimizni yumshatadi va himoyalaydi. Agar teri katakchalari tiqinlar bilan to`lib qolgan bo`lsa, mana shu yog` tashqariga chiqa olmay, yig`ilib qoladi. Natijada yuz terisida oq yoki sarg`ish tusdagi bo`rtib chiqqan toshmalar yuzaga keladi. Ko`p hollarda tiqinlarga kosmetik vositalardan noto`g`ri foydalanish ham sabab qilib ko`rsatiladi. Garchi, miliumlarning salomatligimizga hech qanday ziyoni bo`lmasa-da, estetik jihatdan noqulaylik tug`diradi. Shuningdek, bunday toshmalar husnbuzarlardan farqli o`laroq o`z o`zidan so`rilib ketmaydi.

 

Qo`l tekkizmang!

Miliumlarni siqish qat`iyan taqiqlanadi. Agar shunday qilsangiz, teri ostidagi yog` bezlari faoliyati izdan chiqadi va yiringli husnbuzar tosha boshlaydi. Oqibatda dog` va chandiqlar paydo bo`ladi. Miliumni, albatta,  dermotolog yoki kosmetolog shifokor bartaraf etishi lozim. Shuningdek, muammodan turli krem yoki niqoblar yordamida qutulaman deb o`ylayotgan bo`lsangiz, ortiqcha xarajatga tushganingiz qoladi, xolos.  Bunday hollarda kosmetolog ko`magiga tayanib, ish ko`rsangiz yutqazmaysiz. Bugungi kunda miliumlardan xalos bo`lishning uch usuli keng tarqalgan.

 

Mexanik usul

Agar toshmalar u qadar ko`p bo`lmasa, mutaxassis mexanik usulga murojaat qilishni afzal bilishi mumkin. Bunda teriga antiseptik vosita bilan ishlov berilib, miliumlarning yuzasi sterillangan igna yordamida teshiladi va maxsus o`rtasi teshik qoshiqcha (ba`zan esa qo`l) bilan yog` siqib chiqariladi. Infeksiya tushish xavfi tufayli uy sharoitida bu amaliyotni o`tkazish tavsiya etilmaydi. Muolajadan so`ng terida kichik yarachalar qoladi. Terini haddan ortiq jarohatlamaslik uchun esa bir kunda 10 tagacha toshmaga mexanik usulda ishlov berish o`tkazilishi mumkin.  

 

Elektorkoagulyasiya

Odatda yog` chuqurroq joylashgan bo`lsa, bu usulga murojaat qilinadi. Elektrokoagulyasiyada toshmaga o`zgaruvchan chastotali toklar yordamida ta`sir o`tkaziladi. Amaliyotdan keyin hosil bo`lgan yaralar bir-ikki kundan so`ng izsiz yo`qoladi. Muolajadan so`ng uyda ham antiseptik vositalar bilan ishlov berib turish tavsiya etiladi.

 

Lazerli yoki ultratovushli koagulyasiya

Zamonimizning eng oldi texnologiyalari muammongizni osongina hal etadi. Bajarish texnikasi yuqoridagi usulga o`xshab ketsa-da, lazer nurlari odatda toshmalar haddan tashqari ko`p bo`lganida va tozalash qiyin hududlarda joylashganda foyda beradi. Yaxshi tomoni esa muolajadan keyin yaralar va dog`lar chiroyingizga soya solmaydi.   

 

Oldini olish uchun...

Toshmalarni aynan qanday omillar keltirib chiqarishi oxirigacha o`rganilmagan. Shu bois oldini olish choralariga to`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarziga rioya qilishni kiritish mumkin. Eng muhimi, kechasi uxlashdan avval yuzni yuvish, bunda sifatli loson va boshqa terini tozalash vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

MAFTUNA tayyorladi. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1