AsosiyMadaniyat

“Islom – tinchlik va ezgulik dini” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi

2024 yilning 15-16 oktyabr kunlariToshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

'“Islom – tinchlik va ezgulik dini” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 19 sentyabrda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida: “Diyorimiz jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, islomni ilm-ma’rifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy singari ulug‘ alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Shunday buyuk olimlarning boy merosini o‘rganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 

2024 yil O‘zbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini ilgari suramiz”, - degan edi.

Davlat rahbarining ushbu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Bu ezgu taklif natijasi o‘laroq 2024 yilning 15-16 oktyabr kunlariToshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston vaPokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda. 

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish va bunda O‘zbekiston tajribasini, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini xalqaro jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.

Konferensiya 15 oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, anjuman o‘z ishini 3ta sho‘bada davom ettiradi:

– Islom qadriyatlarini asrab-avaylashda hanafiy-moturidiy ta’limotining o‘rni;

– Globallashuv sharoitida islom: mo‘tadillik va bag‘rikenglik;

– Zamonaviy jamiyatda g‘oyaviy tahdidlarning oldini olish omillari va amaliy yechimlar.

Konferensiya 16 oktyabr kuni Xiva shahrida davom etadi. Unda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Oybek Shukurov

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Madaniyat 23.11.2025 13:47

    Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi

    Bu haqda Mirziyoyeva o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.

    'Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi kinofestivalda ishtirok etdi'ning rasmi

    Madaniyat 22.11.2025 16:27

    Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi kinofestivalda ishtirok etdi

    Dohadagi kinofestival mustaqil va mualliflik kinosining eng muhim maydonlaridan biri hisoblanadi.

    'Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi'ning rasmi

    Madaniyat 14.11.2025 13:04

    Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi

    Yozuvchilar uyushmasi va Islom tsivilizatsiyasi markazining takliflari, shuningdek, san'atshunoslar, jamoat arboblari va ijodkorlarning fikrlari inobatga olinadi.

    'Andy shifokorlarning farzandlari uchun kontrakt to'lovining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi'ning rasmi

    Madaniyat 10.11.2025 11:18

    Andy shifokorlarning farzandlari uchun kontrakt to'lovining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi

    2026 yildan boshlab kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari oliy ta'lim muassasalarida o'qish uchun to'lanadigan kontraktning 30 foizi davlat hisobidan qoplanadi.

    '"Sevimli" telekanalida namoyish etilgan "Qizim" seriali endi Qozog'iston telekanalida efirga uzatilyapti'ning rasmi

    Madaniyat 04.10.2025 20:59

    "Sevimli" telekanalida namoyish etilgan "Qizim" seriali endi Qozog'iston telekanalida efirga uzatilyapti

    Serialni namoyish etish huquqini mamlakating yirik telekanali hisoblangan "Qozog'iston" kanali qo'lga kiritdi.

    'Aktyor Sherqo'zi G'oziev 75 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Madaniyat 26.09.2025 20:54

    Aktyor Sherqo'zi G'oziev 75 yoshida vafot etdi

    Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.